Qirg‘izistonda alkogol savdosiga yangi cheklovlar rejalashtirilmoqda

Qirg‘izistonda spirtli ichimliklar savdosini tartibga solishga qaratilgan yangi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjatga muvofiq, soat 23:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida alkogol mahsulotlarini sotish taqiqlanishi taklif etilmoqda.
Mazkur cheklovlar kafe va restoranlar, shuningdek, duty free do‘konlariga tatbiq etilmaydi. Shu bilan birga, qonun tashabbusida markaziy maydonlar, bog‘lar hamda aholi dam oladigan hududlardan 100 metr masofada alkogol savdosini amalga oshirishni man etish rejalashtirilgan.
Qonun loyihasi qabul qilinsa, ushbu choralar jamoat tartibi va aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing