Moskvada 2025 yilning eng noodatiy ismlari aniqlandi

FHDYO Moskvada 2025 yilda tug‘ilgan chaqaloqlarga berilgan eng g‘ayrioddiy ismlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb yozadi RIA Novosti.
Poytaxt FHDYO boshqarmasi boshlig‘i Svetlana Uxanevaning aytishicha, eng noodatiy ismlar Grach, Frol, ayollarnikidan esa Luchezar va Olimpiada bo‘lgan. Ro‘yxatga Okeana, Iskra, Tor va Mars ham kiritilgan.
Aftidan, Moskvadagi ota-onalar Kardashyanlar oilasidan o‘rnak olishga qaror qilishgan va ayniqsa 2025 yilda farzandlari ismining o‘ziga xosligi ustida puxta ishlagan.
Unchalik g‘alati bo‘lmagan ismlar orasida o‘g‘il bolalar uchun Proxor, Korney, Trofim, Yenisey va Yemelyan ismlari uchraydi. Qizlar uchun tanlov Marusya, Emiliya, Lira va Yeniseyaga tushdi. Ota-onalar uchun qadimgi rus folklori ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgandek edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!