date

Pensiyani naqd shaklga o‘tkazish Yagona portal orqali osonlashdi

Pensiyani naqd shaklga o‘tkazish Yagona portal orqali osonlashdi

Endi fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali pensiya to‘lovlarini naqd shaklga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mazkur xizmat portal doirasida ishga tushirildi.

Ushbu imkoniyat orqali foydalanuvchilar uyidan chiqmagan holda, shuningdek, Pensiya jamg‘armasining tuman yoki shahar bo‘limiga borishga hojat qolmasdan, o‘z pensiyasini naqd tarzda olish uchun murojaat qilishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul bo‘lib, jarayon fuqarolar uchun yanada qulay va tezkor tarzda tashkil etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Pensiyani naqd shaklga o‘tkazish Yagona portal orqali osonlashdi