Sodiq Safoyev: Toshkent propiskasi inson huquqlariga zid edi

O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev avval amalda bo‘lgan Toshkent propiska tizimini keskin tanqid qildi. U mazkur tartibni inson huquqlarini kamsituvchi va adolat tamoyillariga zid tizim sifatida baholadi.
Safoyevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston fuqarosi bo‘la turib, odamlar poytaxtda o‘z xohishiga ko‘ra yashay olmagan. Propiskaning yo‘qligi ishga joylashish, ro‘yxatdan o‘tish va kundalik hayotni tashkil etishda jiddiy muammolar keltirib chiqargan. Bu esa jamiyatda tengsizlik va ijtimoiy adolatsizlikni kuchaytirgan.
U davlat rahbarining inson huquqlarini ustuvor qo‘ygan siyosati natijasida ushbu “sharmandali tizim” bekor qilinganini alohida qayd etdi. Bu qaror fuqarolarning erkin harakatlanish, yashash joyini tanlash va mehnat qilish huquqlarini ta’minlashda muhim qadam bo‘lgan.
Safoyevning fikricha, propiska tizimining tugatilishi O‘zbekistonda ochiqlik va adolatga asoslangan yangi bosqichni boshlab berdi. Endilikda fuqarolar mamlakatning istalgan hududida, jumladan Toshkentda ham, qonuniy va erkin yashash imkoniga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!