date

Tramp Grenlandiya masalasida bojlardan voz kechdi

Tramp Grenlandiya masalasida bojlardan voz kechdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Grenlandiya atrofidagi vaziyat sabab Yevropa davlatlariga nisbatan savdo bojlarini joriy etish rejasini bekor qildi. Bu qaror Davos shahrida o‘tkazilgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng qabul qilindi.

Trampning ma’lum qilishicha, tomonlar Grenlandiya hamda butun Arktika mintaqasiga oid kelgusi hamkorlik bo‘yicha umumiy yondashuv va kelishuv asoslarini shakllantirishga erishgan.

«Agar bu qaror hayotga tatbiq etilsa, u Amerika Qo‘shma Shtatlari va NATOga a’zo barcha mamlakatlar uchun juda ijobiy samara beradi. Shu bois 1 fevraldan kuchga kirishi rejalashtirilgan tariflarni joriy etmayman», — deya ta’kidladi AQSH rahbari.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Donald Tramp fevral oyidan boshlab Daniya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya va Finlyandiyadan AQSHga olib kiriladigan barcha mahsulotlarga 10 foizlik savdo boji joriy etilishi mumkinligini bildirgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Grenlandiya masalasida bojlardan voz kechdi