
Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko'ra, Toshkent metropoliteni tarmog'ini 2030 yilga borib 103 kilometrga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, shu vaqtga kelib, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasi 60 foizga oshiriladi. Avtobuslarning o'rtacha tezligi esa soatiga 18 kilometrdan 24 kilometrgacha ko'tarilishi kutilmoqda.
Avvalroq xabar qilinganidek, "Do'stlik" bekatidan Yangi Toshkentgacha bo'lgan metro yo'li uzunligi 21 kilometrni tashkil etib, unda to'qqizta bekat joylashadi. Ushbu yo'nalish bir kunda 230 mingtagacha yo'lovchiga xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Shuningdek, Chilonzor yo'nalishi ham kengaytiriladi. Ushbu yo'nalishda yer usti va yer osti qismlari mavjud bo'ladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.