date

Hafta boshida O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘ladi?

Hafta boshida O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘ladi?

“O‘zgidromet” haftaning dastlabki kunlari uchun ob-havo prognozi bilan o‘rtoqlashdi. 25–28-yanvar kunlari respublika hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yog‘ingarchilik, qor, tuman va yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 25-yanvar kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroq 26–28-yanvar kunlari ayrim hududlarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak paydo bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6–11 daraja sovuq, kunduzgi paytda esa 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Xorazm viloyatida ham 25–26-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 27–28-yanvarda esa ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin. Tuman va yaxmalak ehtimoli saqlanadi. Harorat Qoraqalpog‘iston bilan deyarli bir xil bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 25-yanvarda ayrim hududlarda yomg‘ir yoki qor ko‘rinishida qisqa muddatli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. 26-yanvarda havo ochiladi, faqat Navoiyning shimoliy hududlarida qor ehtimoli saqlanadi. 27–28-yanvarda esa yana qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol ayrim joylarda 20 m/s gacha kuchayadi. Kunduzgi harorat 5–10 daraja iliq bo‘lib, 27-yanvarda biroz pasayadi.

Toshkent shahri va viloyati, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo hududlarida 25-yanvarda ayrim joylarda yomg‘ir va qor kuzatilishi mumkin. 26-yanvarda yog‘ingarchilik to‘xtaydi. 27–28-yanvarda esa yana qor yog‘ishi, tuman va yaxmalak yuzaga kelishi ehtimoli bor. Ayrim hududlarda shamol 25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi harorat 1–8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 25-yanvarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik ehtimoli bor. 26-yanvarda havo ochiladi. 27–28-yanvarda yana yomg‘ir va qor kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 7–12 daraja iliq bo‘lib, 27-yanvarda biroz pasayadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 25–26-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27–28-yanvarda esa ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak paydo bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzgi harorat 0–7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim kunlari qor yog‘ishi davom etadi. 25–26-yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin. Kechasi havo 8–13 daraja sovuq bo‘lsa, kunduzgi paytda 0 darajadan past bo‘lishi ehtimoli bor.

Sinoptiklar ob-havo sharoiti sabab haydovchilar va uzoq safarga chiqqan fuqarolardan ehtiyotkor bo‘lishni so‘ramoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta boshida O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘ladi?