Ertaga qanday obhavo bo‘lishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo oqimlari ta’siri saqlanib qoladi. Ayrim viloyatlarda qor yog‘ishi, tuman tushishi va avtomobil yo‘llarida yaxmalak yuzaga kelishi mumkin. Sinoptiklar aholini, ayniqsa haydovchilarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.
Toshkent shahri
Poytaxtda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi va ertalab ayrim joylarda yengil qor yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol shimoli-sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–4 daraja sovuq, kunduzi 1–3 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Havo asosan bulutli, ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja sovuq, Ustyurtda 20 daraja sovuqqacha, kunduzi 2–6 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyati
Yog‘ingarchilik deyarli kutilmaydi, ayrim hududlarda tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9–13 daraja sovuq, kunduzi 0–3 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo bulutli, yog‘ingarchilik kam bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 6–12 daraja sovuq, kunduzi 2–6 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Kechasi ayrim joylarda yengil qor yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 3–7 daraja sovuq, kunduzi 1–5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlar
Kechasi va ertalab ayrim hududlarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2–8 daraja sovuq, kunduzi 4–9 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona vodiysi
Ayrim joylarda yengil qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 1–4 daraja sovuq, kunduzi 3–7 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlar
Qor yog‘ishi davom etadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi va yo‘llarda yaxmalak xavfi saqlanadi. Harorat kechasi 12–18 daraja sovuq, kunduzi 6–10 daraja sovuq bo‘ladi.
Sinoptiklar aholini ob-havo o‘zgarishlarini inobatga olib harakat qilishga, uzoq yo‘lga chiqishda esa alohida ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!