date

O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni pasaymoqda

O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni pasaymoqda

2025 yilda O‘zbekistonda demografik ko‘rsatkichlarda sezilarli o‘zgarish kuzatildi. Xususan, mamlakatda tug‘ilish va nikohlar soni kamaygan. Bu haqda Adliya vazirligi rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Statistik raqamlarga ko‘ra, 2025 yil davomida respublika bo‘ylab 884 ming 500 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilda qayd etilgan 926 ming 400 ta tug‘ilishga nisbatan 5,3 foizga kam hisoblanadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur pasayish deyarli barcha hududlarda qayd etilgan bo‘lib, umumiy tendensiyani aks ettirmoqda.

Hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etilgan — 105,8 ming nafar. Undan keyin Qashqadaryo viloyati 99,0 ming va Farg‘ona viloyati 98,0 ming yangi tug‘ilgan bola bilan yuqori o‘rinlarni egallagan.

Eng past ko‘rsatkichlar esa Navoiy viloyatida kuzatilib, bu yerda 24,1 ming bola tug‘ilgan. Shuningdek, Jizzax viloyatida 36,7 ming, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 38,6 ming tug‘ilish qayd etilgan.

Poytaxt va unga yaqin hududlarda ham pasayish tendensiyasi saqlanib qolgan. Jumladan, Toshkent shahrida 71,4 ming, Toshkent viloyatida esa 63,5 ming bola tug‘ilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan past bo‘lgan.

E’tiborli jihati, kech ota-ona bo‘lish holatlari ortib bormoqda. 2025 yilda 6100 nafar ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan. Shu bilan birga, taxminan 600 nafar erkak 60 yoshdan keyin ota bo‘lgani qayd etilgan. Bu holat jamiyatda oila qurish va farzandli bo‘lish yoshining sekin-asta kechikyotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, mamlakatda nikohlar soni ham qisqargan. 2025 yilda jami 267 ming 100 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, bu 2024 yildagi (271 ming 800 ta) ko‘rsatkichdan 1,7 foizga kam. Aytish joizki, 2024 yil so‘nggi 15 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan edi.

Biroq barcha yo‘nalishlarda pasayish emas, ayrim sohalarda o‘sish ham kuzatilmoqda. Xususan, chet el fuqarolari bilan tuzilgan nikohlar soni sezilarli darajada oshgan. Agar 2021 yilning dastlabki olti oyida bunday nikohlar soni atigi 300 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda bu raqam 1900 taga yetgan. 2023 yilda 1800 ta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 3400 taga chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni pasaymoqda