date

Samarqandga ketayotgan “Afrosiyob” poyezdi Chinozda to‘xtab qoldi

Samarqandga ketayotgan “Afrosiyob” poyezdi Chinozda to‘xtab qoldi

Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotgan yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” elektropoyezdi Chinozda to‘xtab qoldi. “Temiryo‘l ekspress” xabariga ko‘ra, 768-sonli Toshkent–Samarqand qatnovi Yangi Chinoz bekati hududida texnik sabablar tufayli majburan to‘xtagan.

Vaziyatni qisqa fursatda bartaraf etish maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish sexidan qo‘shimcha elektropoyezd yo‘lga chiqarilgani ma’lum qilindi. Mutasaddilar nosozlikni tezkor hal etish va yo‘lovchilarni manzilga yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rayotganini bildirgan.

Xabarda yo‘lovchilarga yetkazilgan noqulaylik uchun uzr so‘ralgan. Hodisaning aniq sababi va harakat tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar keyinroq ma’lum qilinishi aytiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqandga ketayotgan “Afrosiyob” poyezdi Chinozda to‘xtab qoldi