Benzin sifati shubhali bo‘lsa, qayerga murojaat qilish kerak?

Agar yonilg‘i quyish shoxobchasida sotib olingan benzin sifati shubha uyg‘otsa, iste’molchi chekni saqlagan holda O‘zenergoinspeksiyaga murojaat qilishi lozim. Mutaxassislar bunday holatda sifat tekshiruvi qanday tartibda o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Avvalo, benzin xarid qilingan AYOQSHning to‘liq nomi va manzili, shuningdek, to‘lov amalga oshirilganini tasdiqlovchi chek bo‘lishi shart. Bu hujjatlar rasmiy murojaat uchun asosiy dalil hisoblanadi.
Agar avtomobil dvigatelidagi nosozlik sifatsiz yonilg‘i sababli kelib chiqqan deb gumon qilinsa, texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tomonidan berilgan rasmiy xulosa ham talab etiladi.
Muhim jihat shundaki, amaldagi tartibga ko‘ra, avtomobil yonilg‘i bakidan namuna olinib tekshiruv o‘tkazilmaydi. Sifat nazorati faqat shubha qilingan AYOQSHda saqlanayotgan neft mahsulotlaridan namuna olish orqali amalga oshiriladi. Ushbu namuna belgilangan standartlar asosida kimyo-nazorat laboratoriyalarida tahlil qilinadi.
Shu sababli, sifatsiz yonilg‘ining iste’molchilarga tarqalishining oldini olish maqsadida, fuqarolardan bunday holatlarda darhol O‘zenergoinspeksiyaning ishonch telefoni — (71) 208-10-15 orqali murojaat qilish so‘ralmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!