date

Yevropa Chempionlar Ligasida hafta ramziy jamoasi ma’lum qilindi

Yevropa Chempionlar Ligasida hafta ramziy jamoasi ma’lum qilindi

UYEFAning rasmiy sayti Yevropa Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi 8-turidan keyin haftaning ramziy jamoasini e’lon qildi. E’tiborlisi, ushbu tarkibda faqat bir klub — Lissabonning «Benfika» jamoasidan ikki nafar futbolchi o‘rin oldi. Bu esa portugaliyaliklar ushbu turda qay darajada kuchli taassurot qoldirganini yana bir bor ko‘rsatadi.

UYEFA tanloviga ko‘ra, 8-tur ramziy jamoasi quyidagicha shakllantirildi:

Darvozabon

  • Anatoliy Trubin («Benfika»)

Ukrainalik posbon o‘z jamoasini bir necha epizodda qutqarib qolgani bilan birga, turning eng ko‘p muhokama qilingan lahzalaridan biriga ham sababchi bo‘ldi. Shu jihati bilan u ramziy jamoadagi o‘rnini to‘liq oqladi.

Himoyachilar

  • Federiko Dimarko («Inter»)
  • Den Bern («Nyukasl»)
  • Kristian Romero («Tottenhem»)
  • Bruno Souza Silva («Pafos»)

Tur davomida ayniqsa himoyada ishonchli o‘yin, kurash va qat’iyat ko‘rsatgan futbolchilar bir joyga jam bo‘ldi. Bu qatorda nomdor klublar bilan birga, «Pafos» vakili ham paydo bo‘lgani ham turning yana bir qiziq jihati.

Yarimhimoyachilar

  • Andreas Shelderup («Benfika»)
  • Aleksis Mak Allister («Liverpul»)
  • Malik Tillman («Bayer»)
  • Lamin Yamal («Barselona»)

Markazda “motor” ishlaganlar shu yerda: biri jamoasini olib yurgan, biri o‘yin tempini ushlagan, yana biri esa yoshiga qaramasdan katta sahnada o‘zini katta futbolchiday tuta olgan.

Hujumchilar

  • Kasper Hyog («Budyo-Glimt»)
  • Joao Pedro («Chelsi»)

Hujum chizig‘ida esa o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalangan, hal qiluvchi vaziyatlarda so‘zini ayta olgan futbolchilar tanlangan.

Qisqasi, 8-tur ramziy jamoasi tarkibi bu hafta YECHLda kimlar sahnaga chiqib, muxlislarga “vau-effekt” berganini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Endilikda esa intriga bitta: shu formani pley-offda ham ushlab qolish kimlarga nasib qiladi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yevropa Chempionlar Ligasida hafta ramziy jamoasi ma’lum qilindi