Anqarada Mirziyoyev va Erdo‘g‘an yangi bitimlar paketini imzoladi

Anqara shahrida o‘tgan O‘zbekiston–Turkiya Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, 29 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bir qator qarorlar hamda ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzoladi. Ushbu paket mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Imzolangan hujjatlar turli yo‘nalishlarni qamrab oldi. Xususan, quyidagi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish belgilab qo‘yildi:

- sog‘liqni saqlash, ta’lim va harbiy tibbiyot yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik;
- iqtisodiy va moliyaviy sheriklikni kuchaytirish;
- konchilik sanoatida qo‘shma ishlar va tajriba almashinuvi;
- xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik;
- maxsus iqtisodiy zonalar yo‘nalishida tajriba va mexanizmlarni uyg‘unlashtirish;
- yadro xavfsizligi, jisman himoya, kafolatlar va radiatsion muhofaza bo‘yicha hamkorlik hamda axborot almashinuvi;
- migratsiyaga ko‘maklashish va fuqarolarni o‘z mamlakatiga qaytarish masalalarida hamkorlik;
- O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Turkiya Din ishlari boshqarmasi o‘rtasida hukumatlararo hamkorlik bitimlari;
- Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Turkiya Oliy ta’lim kengashi o‘rtasida bayonnoma;
- madaniyat sohasida 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi.

Qisqasi, Anqaradagi ushbu kelishuvlar paketi munosabatlarni “so‘z”dan “amal”ga o‘tkazadigan yo‘nalishlar bilan to‘ldirildi. Endi asosiy intriga — shu hujjatlardagi rejalar qay darajada tez va samarali hayotga tatbiq etilishida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!