date

Oʻzbekistonda yomgʻir va qor kutilmoqda

Oʻzbekistonda yomgʻir va qor kutilmoqda
Toshkentda 9-dekabr kuni oʻzgaruvchan bulutli ob-havo va yomgʻir kutilmoqda, deb xabar beradi Oʻzgidromet. Kechasi havo harorati +1…+3° gacha tushadi, kunduzi esa +5…+7° gacha koʻtariladi.

Qoraqalpogʻistonda sovuq (-5…-10°) havo bilan birga yomgʻir va qor yogʻishi kutilmoqda, baʼzi joylarda shamol tezligi 22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Buxoro va Navoiyda ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi, kunduzi havo harorati +7…+12° gacha koʻtariladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, harorat +3…+8° atrofida boʻladi. Fargʻona vodiysida yomgʻir yogʻishi va baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin, kunduzi havo harorati +3…+8° boʻladi.

Togʻoldi va togʻli hududlarda esa kuchli qor va yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, kecha va kunduzi harorat -4…+1° boʻlib, qor koʻchishi xavfi saqlanib qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda yomgʻir va qor kutilmoqda