date

Luis Enrike Mbaye muvaffaqiyatidan xursand ekanini aytdi

Luis Enrike Mbaye muvaffaqiyatidan xursand ekanini aytdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa futbolchilari — senegallik qanot hujumchisi Ibraima Mbaye va marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Har ikki futbolchi yaqinda yakunlangan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Hakimi uzoq davom etgan jarohatdan keyin tiklanib, musobaqada finalgacha yetib bordi va kumush medalni qo'lga kiritdi. Mbaye esa Senegal bilan qit'a chempioni bo'ldi.

Enrikening so'zlariga ko'ra, Hakimi jamoaga qaytdi va jismoniy holati yomon emas. Murabbiy mashg'ulot oldidan u bilan alohida suhbatlashib, o'zini qanday his qilayotganini bilmoqchi, shundan keyin uning tarkibda bo'lish-bo'lmasligi bo'yicha qaror qabul qilinadi. Enrike Hakimining mashg'ulotdagi harakatlarini ham diqqat bilan kuzatishini ta'kidladi.

Shuningdek, mutaxassis terma jamoalardan qaytish futbolchilar uchun doim ijobiy holat ekanini aytdi. U Mbaye uchun alohida xursandligini bildirar ekan, yosh vinger PSJ safidagi o'yin amaliyoti va Afrika kubogidagi tajriba hisobiga yanada pishib borayotganini qayd etdi. Enrike bu jarayon Mbaye uchun muhim qadam bo'lishini, u o'z darajasini tasdiqlab berayotganini qo'shimcha qildi.

27 yoshli Hakimi Afrika Millatlar Kubogida 5 o'yinda maydonga tushib, 1 golga assist muallifi bo'ldi. 17 yoshli Mbaye esa 6 uchrashuvda 1 gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike Mbaye muvaffaqiyatidan xursand ekanini aytdi