date

23 yanvar kuni qaysi hududlarda qor yog‘adi?

23 yanvar kuni qaysi hududlarda qor yog‘adi?

“O‘zgidromet” 23 yanvar, juma kuni uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Ayrim hududlarda kechasi va ertalab qor yog‘ishi, tuman tushishi, yo‘llarda esa ba’zi joylarda yaxmalak kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahri: kechasi va ertalab qor, tuman ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi mumkin. Shamol 3–8 m/s esadi. Harorat kechasi-kunduzi 1–3° sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston: kechasi-ertalab ba’zi joylarda qor, tuman kuzatilishi mumkin. Shamol 7–12 m/s esadi. Kechasi 10–15° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq bo‘ladi.

Xorazm: yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s esadi. Kechasi 8–13° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy: yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s esadi. Kechasi 5–10° sovuq, cho‘lning shimolida 11–13° sovuqqacha, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand: kechasi-ertalab ba’zi joylarda qor, tuman kuzatiladi. Shamol 7–12 m/s esadi. Kechasi 0–5° sovuq (ba’zi joylarda 8° sovuqqacha), kunduzi 3° sovuq–2° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo: kechasi-ertalab ba’zi joylarda qor, tuman kuzatiladi. Shamol 7–12 m/s esadi. Kechasi 3–8° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan, Farg‘ona: kechasi-ertalab ba’zi joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s esadi. Kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 3° sovuq–2° iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlar: ba’zi joylarda qor, tuman, yo‘llarda yaxmalaklar paydo bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi ham bor. Shamol 7–12 m/s esadi. Kechasi 10–15° sovuq, kunduzi 5–10° sovuq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 23 yanvar kuni qaysi hududlarda qor yog‘adi?