Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda harbiy qudrat reytingida yetakchilikni qoʻlga kiritdi

1 daqiqa o'qish596
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda harbiy qudrat reytingida yetakchilikni qoʻlga kiritdi

Global Firepower tuzgan yangilangan harbiy qudrat indeksida Oʻzbekiston Qurolli kuchlari o‘z mavqeini sezilarli darajada mustahkamladi. 145 ta davlat qamrab olingan roʻyxatda mamlakat 53-oʻringa chiqib, Markaziy Osiyo bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etdi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Global Firepower’ning 2026 yilgi reytingiga ko‘ra, Oʻzbekiston o‘tgan yilga nisbatan besh pog‘ona yuqorilagan va 58-o‘rindagi Qozog‘istondan o‘zib ketgan.

Reytingda Oʻzbekistonning muhim ustunliklaridan biri safarbarlik salohiyati sifatida ko‘rsatilgan. 36,5 mln aholi orasida qariyb 16 mln kishi harbiy xizmatga yaroqli deb baholanadi. Qurolli kuchlarda taxminan 120 ming harbiy xizmatchi xizmat qiladi, ularning asosiy qismi quruqlik qo‘shinlariga to‘g‘ri keladi.

Armiya texnik ta’minoti ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega: 470 ta tank va 8 692 ta zirhli texnika mavjud. Artilleriya yo‘nalishida, jumladan, 177 ta o‘ziyurar artilleriya qurilmasi qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Oʻzbekiston dunyoda 23-o‘rinda turadi.

Harbiy havo kuchlari tasarrufida 159 ta uchish texnikasi bor, shundan 101 tasi vertolyotlar. Zarba beruvchi aviatsiyaga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlanadi: 34 ta zarba vertolyoti Oʻzbekistonga ushbu parametr bo‘yicha global reytingda 20-o‘rinni ta’minlagan.

Umuman olganda, qoʻshinlar tuzilmasi va ko‘rsatkichlar Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda harbiy yetakchi sifatidagi pozitsiyasini kuchaytirdi. Mintaqadagi o‘rinlar: Oʻzbekiston — 53, Qozog‘iston — 58, Turkmaniston — 78, Tojikiston — 100, Qirg‘iziston — 109.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?