date

Arne Slot Jerrard tanqidiga javob berib, fikrini tushuntirdi

Arne Slot Jerrard tanqidiga javob berib, fikrini tushuntirdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot klub afsonasi Stiven Jerrardning gaplariga munosabat bildirdi. Jerrard niderlandiyalik mutaxassis raqiblarning past blokda himoyalanishi haqida shikoyatni kamaytirishi kerakligini aytgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Slot Sky Sports’ga bergan intervyusida Jerrardning aynan nimalar deganini to‘liq eshitmaganini, biroq u har doim «Liverpul»ga mehr bilan qarashini ta’kidladi. Murabbiy past blok mavzusini tez-tez tilga olishini yashirmadi: jamoa ko‘p uchrashuvlarda aynan shunday himoyaga qarshi o‘ynashiga to‘g‘ri kelayotganini aytdi.

Shuningdek, Slot Jerrard futbolchilik faoliyatida past blokni yorib o‘tishga qodir ijrochilardan biri bo‘lganini eslatdi. Murabbiy bu mavzuda boshqa iboralarni topishi yoki umuman izoh bermasligi ham mumkinligini qo‘shimcha qildi: «Baribir hamma buni biladi», — dedi u.

Shanba kuni «Liverpul» safarda «Bornmut»ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slot Jerrard tanqidiga javob berib, fikrini tushuntirdi