date

O‘zbekistonda 70 ta sayt bloklandi

O‘zbekistonda 70 ta sayt bloklandi
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlari va qimor o‘yinlarini reklama qilgan 70 ta sayt bloklangani haqida Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi. Qo‘mita bunday resurslarni doimiy monitoring qilish davom etayotganini va tezkor choralar ko‘rish maqsadida davlat idoralari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini bildirdi.

Joriy yilda qo‘mita reklama qonunchiligini buzgan 86 ta sayt haqida ma’lumotni nazorat organlariga taqdim etgan. Qonunchilikka ko‘ra, «Reklama to‘g‘risida»gi qonun qimor o‘yinlari va xavfga asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qilishni qat’iyan taqiqlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 70 ta sayt bloklandi