
2025-yilning yanvar–sentyabr oylari mobaynida O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichlari yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu to‘qqiz oy davomida mamlakat bo‘ylab jami 664,6 ming nafar tirik tug‘ilish qayd etildi.
Rasmiy hisob-kitoblarga asoslanib aytganda, tug‘ilish holatlarining katta qismi yakka tartibda qayd etilgan. Xususan, 649 041 nafar holatda bittadan bola tug‘ilgan. Shu bilan birga, 15 136 ta holatda egizak tug‘ilish kuzatilgan. Kam uchraydigan holatlar qatorida esa 3 nafar yoki undan ortiq bola tug‘ilgan 421 ta holat qayd etilgan.
Mutaxassislar qayd etishicha, bu raqamlar aholining tabiiy o‘sishi barqaror saqlanayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, hududlar kesimida qaralganda, ayrim viloyatlar tug‘ilish soni bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.