date

MobiUzni sotib olish bo'yicha uch investor taklifini yaxshilash uchun qo'shimcha muddat oldi

MobiUzni sotib olish bo'yicha uch investor taklifini yaxshilash uchun qo'shimcha muddat oldi

MobiUz (Universal Mobile Systems)ni xususiylashtirish jarayonida eng yuqori narx va eng maqbul shartlarni taklif qilgan uch nafar investorga arizalarini qayta ko'rib chiqish uchun qo'shimcha vaqt berildi. Ular takliflarini 2026 yil 23 yanvar kuni soat 23:59 gacha Toshkent vaqti bilan yangilashi mumkin. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Gap kompaniyadagi 100% davlat ulushini xususiy sektorga o'tkazish haqida ketmoqda. Loyihaning hozirgi bosqichi — xalqaro savdolarning yakunlovchi bosqichi.

Avvalroq xaridga qiziqish bildirgan xorijiy investorlar soni 10 nafarni tashkil etgan. Dastlabki saralashdan keyin 7 kompaniya final bosqichiga o'tkazildi, majburiy narx takliflarini esa 6 ta da'vogar taqdim etdi.

Jarayon Rothschild & Co, KPMG va Deloitte kabi xalqaro maslahatchilar ishtirokida olib borilmoqda. Xususiylashtirish bo'yicha barcha ishlar Davlat xususiylashtirish komissiyasi tomonidan ma'qullangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » MobiUzni sotib olish bo'yicha uch investor taklifini yaxshilash uchun qo'shimcha muddat oldi