
“Manchester Siti” va “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis “Evro-Futbol.Ru”ga bergan intervyusida 2025 yilda Matvey Safonovning o‘yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kanchelskisning aytishicha, Safonov hozirgi paytda butun rossiyalik futbolchilar uchun namuna bo‘layotgan darvozabonlardan biri. U futbolchilarga Yevropada o‘zini sinab ko‘rish imkoniyati bo‘lsa, uni qo‘ldan boy bermaslikni, ortga qaytishga esa har doim ulgurishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 17 dekabr kuni “PSJ” 2025 yilgi Qit’alararo kubok finalida “Flamengo”ni mag‘lub etdi. Safonov o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida ketma-ket to‘rtta zarbani qaytarib, FIFA shafeligidagi turnirlarda bunday natijaga erishgan tarixdagi ilk darvozabonga aylandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.