
«Arsenal» sardori Martin Edegaard jamoasi yangi yilda sovrinlar uchun kurashni yanada kuchaytirish niyatida ekanini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yarim himoyachi klub rasmiy saytiga bergan fikrlarida «ko'proq narsani xohlashlari»ni aytib, «Arsenal»dagi har bir futbolchi kubok yutishni maqsad qilganini qayd etdi. Edegaardning so'zlariga ko'ra, jamoa har kuni aynan shu yo'lda ishlamoqda va u 2026 yil nihoyat g'alabalar yili bo'lishiga umid bildirdi.
Eslatib o'tamiz, hozirda «Arsenal» APL jadvalida 40 ochko bilan peshqadam. Biroq ta'qibchilar juda yaqin: «Manchester Siti» ikki ochko, «Aston Villa» esa uch ochko ortda. «Kanonirlar» 30 dekabrdan 31 dekabrga o'tar kechasi «Emireyts»da «Aston Villa»ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.