
PSJ yozgi transfer bozori uchun navbatdagi muhim maqsadini belgilab oldi. Transfer News Live A Bola nashriga tayanib xabar berishicha, Parij klubi «Sporting» markaziy himoyachisi Usman Diomandeni tarkibga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi PSJning ustuvor nomzodlari qatoridan joy olgan. Jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike Diomandening imkoniyatlarini juda yuqori baholamoqda va klub himoyani kuchaytirishda aynan shu variantni ko‘rib chiqmoqda.
Parijliklar himoyachi uchun taxminan 45 million yevro taklif berishi mumkin. Diomandening «Sporting» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. U Lissabon klubida 113 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.