date

Ispan jurnalisti Zaxaryan La Liga uchun hali tayyor emas dedi

Ispan jurnalisti Zaxaryan La Liga uchun hali tayyor emas dedi

Marca nashri jurnalisti Oskar Badalyo rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryanning kelajagi haqida fikr bildirdi. Futbolchi hozirda “Real Sosyedad” safida to‘p surmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Badalyoning ta’kidlashicha, Zaxaryan muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun vaqtincha boshqa klubga ijaraga ketib, o‘zini sinab ko‘rgani ma’qul.

“Arsen ehtimol hozircha yuqori darajada barqaror o‘ynashga tayyor emas. Unda iste’dod borligi ko‘rinib turibdi, ammo u Ispaniya chempionati talablariga hali to‘liq pishib yetilmagan”, — deya Badalyoning so‘zlarini “RB Sport” keltiradi.

Zaxaryan 2023 yilda “Real Sosyedad” futbolchisiga aylangandi. Joriy mavsumda sobiq Moskva “Dinamo”si vakili Ispaniyadagi 14 uchrashuvda 1 gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ispan jurnalisti Zaxaryan La Liga uchun hali tayyor emas dedi