date

Ofsayd inqilobi yaqin: Venger qoidasi futbolni o‘zgartiradi

Ofsayd inqilobi yaqin: Venger qoidasi futbolni o‘zgartiradi

Futbol qoidalarida navbatdagi katta yangilik ostonada turibdi. Xalqaro futbol federatsiyasi — FIFA hamda Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi — IFAB ofsayd qoidasiga tub o‘zgartish kiritish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Tashabbus muallifi esa Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi, mashhur mutaxassis Arsen Venger hisoblanadi.

Taklif etilayotgan yangi qoidaga ko‘ra, futbolchi faqat butun tanasi bilan oxirgi himoyachidan to‘liq o‘tib ketgan taqdirdagina ofsayd holati qayd etiladi. Ya’ni hozirgi amaldagi qoidadagi millimetrlar bilan o‘lchanadigan bahsli vaziyatlar kamayishi, hujumkor futbolchilarga esa ko‘proq erkinlik berilishi kutilmoqda. Mutaxassislar bu yangilik o‘yin dinamikasi va gollar soniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, IFAB 20 yanvar kuni Londonda o‘tadigan yillik yig‘ilishda Venger ilgari surgan taklifni muhokama qiladi. Fevral oyida esa mazkur g‘oya Bosh Assambleya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan. Agar taklif ma’qullansa, yangi ofsayd qoidasini 2026/2027 yilgi mavsumdan rasman joriy etish rejasi bor.

Eslatib o‘tish joiz, Arsen Venger 2019 yildan buyon FIFA tizimida futbolni rivojlantirish bo‘yicha direktor sifatida faoliyat olib bormoqda. Uning tashabbusi nafaqat qoidalarni soddalashtirish, balki futbolni yanada tomoshabop va adolatli qilishga qaratilgani bilan ham ahamiyatli. Agar rejalar amalga oshsa, yaqin yillarda futbol maydonlarida butunlay yangi ofsayd davri boshlanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ofsayd inqilobi yaqin: Venger qoidasi futbolni o‘zgartiradi