
Marca nashri jurnalisti Oskar Badalyo 2025 yilda «Real Sosedad» safida to‘p surayotgan hujumkor yarim himoyachi Arsen Zaharyanning o‘yinlarini baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis fikricha, yil boshida Zaharyan jarohatlar va kasalliklar sabab tez-tez safdan chiqqan va bu holat futbolchining formasi hamda barqarorligiga jiddiy ta’sir qilgan. Badalyo Zaharyan iste’dodli o‘yinchi bo‘lishi mumkinligini tan olsa-da, uning uslubi «Sosedad» futboliga mos kelmayotganini ta’kidladi va transferni shaxsan o‘zi uchun xato qaror deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, Arsen Zaharyan 2023 yilda Moskvaning «Dinamo» klubidan «Real Sosedad»ga ko‘chib o‘tib, ispan jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Joriy mavsumda 22 yoshli хавбек barcha turnirlarda 14 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol muallifi bo‘ldi.
La Liganing 17-turidan so‘ng «Real Sosedad» turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda, jamoa hisobida 17 ochko bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.