Oʻzbekiston orqali xalqaro yuk tashish hajmi 2,8 mln tonnadan oshdi

2025 yilda Oʻzbekiston hududi orqali amalga oshirilgan xalqaro yuk tashish va tranzit hajmi 2,8 mln tonnadan yuqori bo‘ldi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta koridor bo‘yicha yuk oqimi 2020 yildagi 500 ming tonnadan 2025 yilga kelib 1 mln tonnadan oshdi. Eng tez o‘sish Xitoy — Qirg‘iziston — Oʻzbekiston yo‘nalishida qayd etilib, ko‘rsatkich 33,7 ming tonnadan 1,8 mln tonnagacha ko‘tarildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Transafg‘on temiryo‘li loyihasini ilgari surmoqda — loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos (TIA) ustida ishlar olib borilmoqda. Avtomobil tashuvlari segmentida esa Qirg‘iziston va Ozarbayjon bilan hamkorlikda e-Permit elektron ruxsatnomalar tizimi joriy etildi.
Bundan tashqari, mamlakatdagi 24 ta transport-logistika markaziga xalqaro “quruq port” maqomi berildi. Bu yuklarni qayta ishlash jarayonini tezlashtirib, Oʻzbekiston orqali tranzitni yanada samarali qilishga xizmat qilishi qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!