14 yanvarda iliq ob-havo, keyin yomg‘ir-qor kutilmoqda

14 yanvarda iliq ob-havo, keyin yomg‘ir-qor kutilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • “O'zgidromet” prognoziga ko'ra, 14 yanvar, chorshanba kuni O'zbekistonning ko'p hududlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi va asosan yog'ingarchilik kutilmaydi.
  • Toshkent shahrida kechasi 3–5° iliq, kunduzi 16–18° iliq, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa kunduzi 17–22° iliq bo'lishi kutilmoqda.
  • Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarining ba'zi joylariga tuman tushishi mumkin.
  • Haftaning ikkinchi yarmida qator hududlarda yomg'ir va qor yog'ishi kutilmoqda.

“O‘zgidromet” 14 yanvar, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi. Prognozga ko‘ra, O‘zbekistonning ko‘p hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi va asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shu bilan birga, haftaning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli borligi aytildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5° iliq, kunduzi 16–18° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqiy yo‘nalishdan g‘arbga o‘zgarib, 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4° sovuq–1° iliq, kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 0–5° iliq, kunduzi 8–13° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4–9° iliq, kunduzi 15–20° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 4–9° iliq, kunduzi 13–18° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 3–8° iliq, kunduzi 17–22° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 m/s esadi. Harorat kechasi 2° sovuq–3° iliq, kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 3° sovuq–2° iliq, kunduzi 7–12° iliq bo‘ladi.

Prognozlarga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida qator hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar