Gradilenko Yuventusning Kremonezega qarshi o'yinini baholadi

Italiya A seriyasining 20-turida Turinning “Yuventus” jamoasi o'z maydonida “Kremoneze”ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan futbol eksperti Dmitriy Gradilenko o'z prognozi bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis fikricha, mezbonlar raqibga gol urish imkonini bermaydi va “Yuventus” “quruq” hisobda g'alaba qozonadi. U ehtimoliy hisoblar sifatida 1:0, 2:0 yoki 3:0 variantlarini tilga oldi. Gradilenko “Yuventus” yutadi va gol o'tkazmaydi, degan ishonchda.
“Yuventus” — “Kremoneze” bahsi bugun, 12 yanvar kuni “keksa sinyora”ning uy stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
Turnir jadvalida “Yuventus” hozirda 5-o'rinda bormoqda, “Kremoneze” esa 13-pog'onada joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing