date

"Manchester Siti" — "Nyukasl" bahsi: taxminiy tarkiblar bilan tanishing

"Manchester Siti" — "Nyukasl" bahsi: taxminiy tarkiblar bilan tanishing

Manchesterda bu tun alohida kayfiyat bor — Angliya Liga kubogi doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qiladi. Soat 01:00 da start oladigan ushbu to‘qnashuv oldidan Sports Mole hamda klubni yaqindan yoritib borayotgan nashrlar tomonidan taxminiy tarkiblar e’lon qilindi. Va eng yoqimli xabar — Abduqodir Husanov asosiy tarkibda kutilyapti.

Gvardiola yana Husanovga ishonyapti

So‘nggi ikki uchrashuvda ham startdan maydonga tushgan o‘zbekistonlik himoyachi bu safar ham ishonchni saqlab qoldi. Bu — tasodif emas. Himoyada jarohatlar, rotatsiya va grafik zichligi fonida Pep Gvardiola Husanovni barqaror va ishonchli variant sifatida ko‘ryapti. Va bugungi kubok bahsida ham u markazda jamoa tartibini ushlab turishi kerak bo‘ladi.

Taxminiy tarkib (Sports Mole va klub nashrlari bo‘yicha):

“Manchester Siti”

  • Trafford — Nunes, Husanov, Alleyn, O’Rayli;
  • Rodri, Gonsales;
  • Cherki, Semeno, Doku;
  • Xoland.

Ushbu sxemada ham Husanov markaziy himoyada Alleyn bilan birga joylashgan. Bu duet hozirgi holatda Gvardiolaning eng ishonchli “qalqoni”ga aylanib ulgurdi.

Nima uchun bu o‘yin muhim?

“Nyukasl” — yengil raqib emas. Ular bosimli o‘ynaydi, tezkor hujumlar bilan raqibni xatoga majbur qiladi. Bunday jamoaga qarshi esa himoyaning barqarorligi hal qiluvchi omilga aylanadi. Shu yerda Husanovning tezligi, jismoniy kuchi va pozitsiyani to‘g‘ri tanlashi juda qo‘l keladi.

Holand oldinda gol izlaydi, Dok-u va Semeno qanotlarda, Cherki esa markazda portlash yasashga tayyor, Rodri esa o‘yinni bog‘lab turadi. Lekin barchasi himoya orqada ishonchli bo‘lmasa, xavfga aylanadi. Shuning uchun bugungi kechada Abduqodirning har bir to‘pni tozalab chiqarishi, har bir duelni yutishi oltinga teng.

Qisqasi, bu — navbatdagi sinov, navbatdagi imkoniyat. Husanov uchun esa bu shunchaki o‘yin emas — bu “men bu yerga bekor kelmaganman” deb aytish uchun yana bir shans. Manchester osmonida o‘zbek himoyachisining nomi yana balandroq eshitilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Manchester Siti" — "Nyukasl" bahsi: taxminiy tarkiblar bilan tanishing