U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston Janubiy Koreyani yutib keyingi bosqichga chiqdi

Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalar o‘rtasida Osiyo Kubogi davom etmoqda. O‘zbekiston U23 terma jamoasi 13 yanvar kuni C guruhining so‘nggi o‘yinida Janubiy Koreya yoshlari bilan kuch sinashdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Behruz Karimov va Saidumarxon Saidnurullayev hisobiga yozildi. Natijada o‘zbekistonliklar 7 ochko jamg‘arib, guruhda birinchi o‘rin bilan 1/4 finalga chiqdi.
U-23 Osiyo Kubogi.
Guruh bosqichi. 3-tur.
Ar-Riyod. "Shahzoda Faysal bin Fahd Sport Siti" stadioni
O‘zbekiston U-23 - Janubiy Koreya U-23 2:0
Gollar: Behruz Karimov 48, 1:0, Saidumarxon Saidnurullayev 70, 2:0
O‘zbekiston: 21. Samandar Muratbayev, 2. Saidxon Hamidov, 4. G‘iyosjon Rizaqulov, 6. Ravshan Xayrullayev (10. Rustam Fomin, 88), 7. Sardor Bahromov (5. Ozodbek Ergashov, 90+2), 8. Muhammadali Reimov (9. Saidumarxon Saidnurullayev,46) 11. Asilbek Jumayev, 16. Behruz Karimov (19. Muhammad-Bobur Karimov,88) 20. Dilshod Abdullayev, 22. Nurlan Ibrayimov, 23. Abdug‘afur Haydarov (17. Amirbek Saidov, 46).
Zaxira: 1. Maksim Murkayev, 3. Dilshod Murtazayev, 12. Umar Rustamov, 13. Islom Anvarov, 14. Azizbek To‘lqinbekov, 15. Meyirbek Rejabaliyev, 18. Shoxjahon Yorqinboyev.
Janubiy Koreya: 21. Xong Seon Min, 3. Baye Xyun Seo (22. Jang Seok Xvan,46) 5. Lee Xyung Yong, 7. Kang Seong Jin, 8. Kim Dong Jin, 9. Kim Taye Von, 13. Kim Dox Yun (14. Jung Seung Baye,58), 15. Kim Xan Seo, 18. Jeong Jaye Sang, 19. Lee Geon Xee ( 2. Kang Min Jun,65), 23. Shin Min Xa.
Zaxira: 1. Mun Xyun Xo, 4. Jo Xyun Taye, 6. Lee Chan Uk, 11. Joung Ji Xun, 12. Xvang Jaye Yun, 15. Baye Ga On, 17. Kim Yong Xak, 20. Park Jun Seo.
Guruhning yana bir o‘yinida Livan kutilmaganda Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu natija Janubiy Koreyaga qo‘l keldi, ular 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga chiqdi. Livan 3 ochko bilan uchinchi, Eron 2 ochko bilan to‘rtinchi bo‘ldi.

Bosh murabbiy Ravshan Haydarov shogirdlari 1/4 final o‘yinni 17 yanvar kuni o‘tkazadi. O‘zbekistonliklarga D guruhida ishtirok etayotgan Xitoy, Avstraliya, Iroq yoki Tailand raqib bo‘lishi mumkin – o‘yinlar davom etmoqda va to‘rttalasi ham pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi.
U23 Osiyo Kubogida 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga ajratilgan holda ishtirok etmoqda. Ushbu musobaqaning boshqalaridan farqli jihati shundaki, unda Olimpiada yo‘llanmasi o‘ynalmaydi. Shu sababli, ko‘plab jamoalar asosiy tarkib bilan ishtirok etmayapti.
U23 Osiyo Kubogi 2013-yildan beri o‘tkaziladi. Unda Yaponiya yoshlari eng ko‘p – 2 marta g‘olib chiqqan, shu jumladan so‘nggi turnirda ham. Shuningdek, Iroq, O‘zbekiston, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni hisobida bittadan g‘alaba bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!