date

Semurg Insurance sug‘urta kompaniyasining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Semurg Insurance sug‘urta kompaniyasining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Milliy istiqbolli loyihalar agentligi (NAPP) 19 yanvardan boshlab Semurg Insurance sug'urta kompaniyasining litsenziyasi vaqtincha to'xtatilganini ma'lum qildi.

Regulyator qarori “Sug'urta faoliyati to'g'risida” hamda “Litsenziyalash to'g'risida”gi qonunlar asosida qabul qilingan. Litsenziya tiklangunga qadar kompaniyaga yangi sug'urta shartnomalarini tuzish va amaldagilarini uzaytirish taqiqlanadi.

Shu bilan birga, Semurg Insurance ilgari rasmiylashtirilgan sug'urta va qayta sug'urta shartnomalari bo'yicha barcha majburiyatlarini bajarishda davom etishi shart.

NAPP mijozlarga litsenziya to'xtatilishiga sabab bo'lgan holatlar bartaraf etilmaguncha Semurg Insurance bilan sug'urta shartnomalarini tuzmaslikni tavsiya qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Semurg Insurance sug‘urta kompaniyasining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi