Luis Enrike Diasning panenkasi haqida fikr bildirdi

Afrika millatlar kubogi finalida hisob 0:0 bo‘lib turgan paytda ikkinchi bo‘lim oxirlarida Braim Dias “panenka” usulini sinab ko‘rdi. Marokashlik futbolchi bu urinishda gol ura olmadi va uchrashuv qo‘shimcha taymlarga cho‘zildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ekstra-taymlarda Senegal 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, sovrinni qo‘lga kiritdi. “PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike Diasning qarori yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
Enrikening aytishicha, ular bu mavzuni hatto avtobusda ham muhokama qilishgan va u Zinedin Zidanning mundialdagi mashhur “panenka”sini eslagan. Murabbiy: “Chiqqanda hamma olqishlaydi, chiqmasa tanqid juda ko‘p bo‘ladi. Men Braimni yaxshi bilaman: u ajoyib, betakror futbolchi. U bilan bo‘layotganlar adolatsiz. Bu shunchaki sport — u qotil ham emas, yomon odam ham emas”, — deya The Touchline nashriga iqtibos keltirdi.
“PSJ” 20-yanvar, seshanba kuni Chempionlar ligasida safarda “Sporting”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!