Real Endrikning Liondagi o'yinlarini sinchiklab kuzatmoqda

Madridning «Real» klubi hujumchi Endrikning «Lion» safidagi o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Touchline xabariga ko'ra, «Real» rahbariyati braziliyalik futbolchining salohiyatini yuqori baholamoqda va ijara davri yozgi transfer oynasi arafasida klub uchun muhim topilma bo'lishiga ishonmoqda. «Qaymoqranglilar» Endrikni kelajak rejalarida ko'rmoqda.
Manbaga ko'ra, «Real» iltimosiga binoan Endrik «Lion»da asosan o'ng qanot vingeri pozitsiyasida o'ynaydi. Madrid klubi uni aynan shu rolda keyinchalik ham tasavvur qilmoqda.
Endrik yanvar oyida joriy mavsum oxirigacha ijara asosida «Real»dan «Lion»ga o'tgandi. U fransuz jamoasi tarkibida hozircha ikki uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!