date

2025 yilda O‘zbekistonda 19 mingga yaqin qamoq hukmi chiqdi

2025 yilda O‘zbekistonda 19 mingga yaqin qamoq hukmi chiqdi

Oliy sud rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida mamlakat sudlarida jinoyat ishlari katta hajmda ko‘rib chiqilgan. Xususan, 79 ming 554 nafar shaxsga oid 63 ming 177 ta jinoyat ishi sud muhokamasidan o‘tgan.

Yil yakuniga ko‘ra, jami 63 ming 340 nafar shaxs sudlangan. Ulardan 18 ming 816 nafari ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan. Qolgan 43 ming 531 nafarga esa boshqa turdagi jazolar tayinlangan. Yana 993 nafar shaxs shartli hukm asosida jazolangani qayd etilgan.

Statistikaga ko‘ra, sudlanganlarning asosiy qismi erkaklar — 55 ming 829 nafar. Ayollar soni 7 ming 511 nafarni tashkil etgan. Yoshlar ulushi ham sezilarli: 23 ming 973 nafar sudlangan shaxs yoshlar hisoblanadi, shundan 2 ming 431 nafari voyaga yetmaganlar.

Shuningdek, 60 yoshdan oshgan sudlanganlar soni 2 ming 830 nafar ekani bildirilgan. Yana bir muhim raqam: 422 kishi to‘liq oqlanib, reabilitatsiya qilingan.

Yarashuv institutlari qo‘llanilishi natijasida 13 ming 224 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan. Jinoyat ishlarining eng katta qismi esa Toshkent shahri, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida ko‘rib chiqilgan.

Qisqasi, raqamlar juda “baland”. Bu tendensiya nimadan darak beryapti — profilaktika, huquqiy madaniyat va jamoat nazoratini kuchaytirishga ehtiyoj borligini yana bir bor eslatyapti. Hayot “sudgacha yetib bormasin” degan gap shunchaki maqol emas ekan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2025 yilda O‘zbekistonda 19 mingga yaqin qamoq hukmi chiqdi