"O‘tgan bir yil ichida ro‘y bergan o‘zgarishlarni sezdingizmi?" - hamkasbim kutilmaganda shu savol bilan murojaat qilib qoldi. Ko‘pchilikni qiziqtiradigan, shu bilan birga hamma yangilikdan xabardor jurnalistlar ham gohida o‘z-o‘ziga yoki hamkasbiga berib turadigan bu savolga albatta, javob bor. Meniki quyidagicha...
…Bugun O‘zbekiston ulkan qurilishlar, o‘zgarishlar maydoniga o‘xshaydi. Lekin bulardan ham muhimrog‘i insonlar ruhiyati, ichki olamidagi o‘zgarishlar — O‘zbekiston orzular mamlakatiga aylandi.
Odamlarga orzu qaytarildi.
Jamiyatning kam ta’minlangan tabaqasi mavjudligi, ular ham munosib hayotga loyiqligi tan olindi va arzon uy-joylar qurilishi boshlandi. Balki bu uylar hammaga yetmasligi mumkindir, lekin "qo‘rada ko‘rsam ko‘nglim to‘q", deydi xalqimiz. Shunday uylar qurilayotganining o‘ziyoq ko‘pchilikka umid bag‘ishlaydi.
Jamiyatdagi yana bir muhim o‘zgarish, xalqqa orzuni, umidni qaytarib bergan o‘zgarish — oliy ta’limdagi yangiliklar. Sirtqi o‘qishni tiklanishi ko‘plar uchun ahamiyatsizday, jamiyat hayotida bilinar-bilinmas o‘tib ketganday. Aslida bunday emas — u kishilarga umidni, ertangi kunga ishonchni qaytardi.
Hammaning ham kunduzgi o‘qishda ta’lim olishga imkoni mavjud emas. Kimningdir ota-onasi yo‘q, kimningdir yaqinlari imkonsiz — maktabni tugatishi bilan ishlaydi, o‘zi, yaqinlarini boqadi. Endi ular ham ta’lim, muhimi diplom olishiga imkon yaratildi. Shunga umid uyg‘ondi.
Belgilangan kvotadan ortiq, qo‘shimcha to‘lov hisobiga o‘qishga qabul qilish borasidagi o‘zgarish ham ayni muddao bo‘ldi. Endi boylar pulini qo‘ltiqlab, "tanka", "x" variant qidirib, "bunker" yollab yurmaydi. Hammasi ochiq, hammasi haqqoniy va odilona. Asosiysi, ular o‘qimishlilarning o‘rniga suqilib kirib olishga urinmaydi. Uning o‘z o‘rni bo‘ladi.
Ishsizlik bo‘g‘ma ilonday bo‘yingga yopishib, bir umr qo‘yib yubormaydiganday tuyulgan paytda mamlakat bo‘ylab yangi ish o‘rinlarining yaratish, zavodlar, erkin iqtisodiy zonalar qurishga bo‘layotgan urinishlar…
Bozorlarda narx-navoning oshishi haqida ko‘p gapiramiz, nolishlar ham ko‘p. Aslida bu ham dehqonlarga umid bag‘ishlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 6 noyabrdagi mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan Qarori yil davomida ishlab, topgan-tutganini qoqi bahosiga sotib, to‘rt-besh so‘m pul topish maqsadida o‘zga mamlakatlarda xor-u zorlikda yurgan dehqonda o‘z yerida ishlab, pul topish, oila boqish, ro‘zg‘or tebratish umidini paydo qildi.
Ko‘pchilik, albatta, dehqonning boy bo‘lishiga ishonmaydi. "O‘n ikki oy beli bukilib, ter to‘kib ishlaydi-da, to‘y qilib, bor pulini kimsan falonchi qo‘shiqchiga berib yuboradi", deyishadi. Zarari yo‘q. Bora-bora dehqonlar ham o‘zligini namoyon qilishning boshqa maqbulroq yo‘llari, usullarini topishar.
Davlat pul topishga imkon yaratib bermoqda, aql topish esa har kimning o‘z ishi.
Manba: sputniknews-uz.com “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”