
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 4-noyabr kuni soat taxminan 01:30 da poytaxtdagi tez ovqatlanish restoranida yong‘in sodir bo‘lgani haqida ma’lumot kelib tushgan. Hodisa Chilonzor tumanidagi Katartol ko‘chasida sodir bo‘lgan. 
Oradan 8 daqiqa o‘tib, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etishga kirishgan. Yong‘in soat 01:45 da lokalizatsiya qilingan va 01:48 da butunlay o‘chirilgan. 
Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hodisa sabablarini va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing