date

Andijonda yuk mashinasi LЭP ustuniga urildi

Andijonda yuk mashinasi LЭP ustuniga urildi
Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, joriy yil 3-noyabr kuni soat taxminan 22:10da Andijon viloyatida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolib, "L-Yayilma-2" nomli 110 kV quvvatga ega elektr uzatish liniyasi ustuniga urilgan.

Hodisa oqibatida 13 750 nafar iste'molchi elektr ta'minotisiz qolgan. Elektr energiyasining uzilishi Andijon shahri, Andijon va Oltinko‘l tumanlaridagi "Xursandlik", "Ilgor", "Nayzakayrogoch", "Chulpon 100 yilligi", "Shodlik", "Dalvarzin", "Safoiy", "Paxtakor", "Sanoat", "Uyg‘ur", "Mustaqillik" va "Javaleq" mahallalariga ta'sir ko‘rsatgan.

Vaziyatni bartaraf etish maqsadida tunda avariya brigadasi elektr ta'minotini tezkor tiklash bo‘yicha ishlarni amalga oshirgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Uning sog‘lig‘i holati haqida ma'lumot berilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Andijonda yuk mashinasi LЭP ustuniga urildi