2026 yildan retsept asosida berilgan dorilar 40–50 foiz arzonlashadi

1 daqiqa o'qish188
2026 yildan retsept asosida berilgan dorilar 40–50 foiz arzonlashadi

O‘zbekistonda farmatsevtika bozoridagi narx siyosatini tubdan isloh qilish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Gazeta.uz. Prezidentga taqdim etilgan yangi loyihaga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan retsept asosida beriladigan 2600 turdagi dori vositalarining o‘rtacha narxi 40–50 foizgacha pasaytiriladi.

Hozir mamlakat bozorida 7600 nomdagi import dori vositalari mavjud bo‘lib, shularning qariyb 4900 tasi narx bo‘yicha xalqaro reyestrlarga kiritilmagan. Bu holat importchilarga narxni mustaqil belgilash imkonini berib, ba’zi hollarda dorilar qo‘shni davlatlardagidan ancha qimmat sotilishiga olib kelgan.

Yangi tizim “referent narxlar reyestri” orqali amalga oshiriladi. Unda Rossiya, Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi kabi davlatlarda tasdiqlangan rasmiy narxlar asos bo‘ladi. Shu orqali dori narxlari shaffof tarzda nazorat qilinadi va asossiz qimmatlashtirish holatlariga chek qo‘yiladi.

Bundan buyon dorixonalar va importchilar uchun erkin narx belgilash amaliyoti bekor qilinadi. Natijada aholi arzon va sifatli dori vositalariga kengroq kirish imkoniga ega bo‘ladi.

Ekspertlar ta’kidlashicha, tizimning samaradorligi nazorat organlarining faoliyatiga va ta’minotdagi barqarorlikka bog‘liq bo‘ladi. Yangi tartib orqali sun’iy narx oshirish, ortiqcha foyda olish va bozordagi noqulay vaziyatlar bartaraf etilishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?