3 298
O‘zbekistonda koronavirus yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat joriy qilinishi ham mumkinligi aytildi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov maxsus shtabdagi brifing chog‘ida qator savollarga javob berdi.
Tadbir davomida karantindan keyin mamlakatga xalqaro qatnovlar boshlanishi munosabati bilan qanday epidemiologik tartib-qoidalar o‘rnatilishi to‘g‘risidagi savolga javob qaytarildi.
«To‘g‘ri, karantin tugagandan keyin, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yana iziga tushib ketadi. Mamlakatimizda avtomobil, poyezd va samolyotlar orqali xalqaro qatnovlar, bordi-keldilar boshlab yuboriladi.
Koronavirus kasalligining respublikaga kirib kelishi, tarqalishi bilan bog‘liq holatlar chuqur tahlil qilinadi. Mavjud me’yoriy hujjatlar, shu jumladan sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar, sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlar qayta ko‘rib chiqiladi.
Albatta xalqaro tajribalar ham o‘rganib chiqiladi. Balki, dastlabki davrda faqat koronavirus yo‘qligini tasdiqlovchi hujjati bo‘lsagina viza berish tizimi joriy qilinar. Buni esa vaqt va epidemik vaziyat ko‘rsatadi.
Agar shu tizim joriy qilingudek bo‘lsa ham, xorijiy fuqaroning viza olgan davri bilan yurtimizga kelgan davri koronavirus kasalligining yashirin davri (14 kun) bilan bir biriga mutanosib bo‘lishi kerak. Har qanday tartibni amaliyotga kiritish uchun juda jiddiy o‘ylash va o‘rganishga to‘g‘ri keladi», deydi Nurmat Otabekov.
Shuningdek, karantindan keyin Veterinariya xizmatlari va xodimlari ish faoliyati ham yangicha qoidalar kiritilishi ma’lum qilindi.
«Yurtimizda koronavirus kasalligi virusi uchrashi mumkin bo‘lgan itlar, mushuklar, cho‘chqalar, parrandalar, yungi uchun yetishtiriladigan xar xil kemiruvchi hayvonlar, ko‘rshapalakning ma’lum bir turlari uchrab turadi.
Biz ularning barchasini iste’mol uchun ishlatmasakda, ularni saqlash va parvarishlash sharoitini muntazam o‘rganib borish, ularga xos bo‘lgan yuqumli kasallikka chalinganlarini davolash, epizootiyaning oldini olish, profilaktik emlash ishlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi veterinariya shifokorlari bor.
Albatta bu kabi pandemiya barcha sohaga, xususan, veterinariya sohasining ham me’yoriy-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishi va hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, qayta ishlab chiqilishini taqozo etadi», deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»