Respublika Gidrometeorologiya xizmati kelayotgan dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Kecha O‘zbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimi kirdi. Butun respublika hududi bo‘yicha bulutlilik ortdi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yomg‘ir, baland tog‘li hududlarda qor yog‘di. Toshkent va Namangan viloyati tog‘larida 2000 m dan yuqori zonalarda qor qoplami hosil bo‘ldi. O‘tgan issiq davr bilan solishtirganda havo harorati 8-10 darajaga pasaydi.
Bugun O‘zbekiston hududi sovuq havo oqim ta’sirida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi, tog‘li va tog‘oldi hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir, qor yog‘adi. Harorat 13-18 daraja atrofida bo‘ladi.
Ertaga havo oqimi sharqqa tomon siljiydi. Yog‘ingarchilik ehtimoli faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlaridagina saqlanib turadi. Mamlakatimiz hududi ustida bulutlilik saqlanib turishi hisobiga ertaga harorat o‘zgarmaydi.
Yakshanba kuni janubi-g‘arbiy oqimlar hisobiga sovuq havo O‘zbekiston hududidan chekinadi. Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va quruq bo‘ladi. Kechasi harorat 3-6 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 17-20 darajagacha isiydi, bunday harorat me’yoriy qiymatlardan biroz past. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi