2 536
Bayramlarda qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi
Foto: Shutterstock
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
2021 yilda xizmatlar va servis sohalarini rivojlantirishning drayverlari sifatida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ichki turizmni ommalashtirish, shuningdek, ziyorat turizmini rivojlantirish, shu jumladan “Umra+” ziyorat dasturini amalga oshirish belgilanadi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
- Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramlari, Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni hamda Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi;
- har yili 1 dekabrga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda kelgusi yil uchun bayram va qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar taqvimi e’lon qilib boradi;
- ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi besh ish kunidan kam bo‘lmagan "oilaviy ziyorat ta’tili" tizimi joriy qilinadi. Bunda, “oilaviy ziyorat ta’tili” yillik asosiy ta’til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi;
- mehnat jamoalari orasida mamlakat bo‘ylab sayohat qilishlarini rag‘batlantirish maqsadida “Sayohat yetakchisi” tizimi joriy qilinadi. Bunda, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda o‘z mehnat jamoalariga sayohatlar tashkil qilgan eng faol 1 000 nafar “Sayohat yetakchisi”ga yil yakuni bilan O‘zbekiston bo‘ylab turli mavzudagi sayohatlar bepul asosda taqdim etiladi;
- ob’ektlari to‘g‘risida ma’lumotlar aks etgan hamda sayohatlarni qayd etadigan tizimni nazarda tutuvchi “Turist pasporti” joriy etiladi va uning doirasida eng faol sayyohlar mukofotlanib boriladi;
- 2021 yil 1 martdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 foizi miqdorida turistik (mehmonxona) yig‘imi joriy qilinadi. Bunda, turistik (mehmonxona) yig‘imi ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;
- respublikaning turizm namoyishi ob’ektlarini keng targ‘ib qilish, fuqarolarni boy tabiiy, madaniy va tarixiy meros, ziyoratgohlar bilan tanishtirish hamda ichki turizmni targ‘ib qilishga qaratilgan (tijorat maqsadlarni ko‘zlamagan) axborot ma’naviy-ma’rifiy masalalarga doir axborotga tenglashtiriladi;
- davlat organlarining ijtimoiy reklama mahsulotlari qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan ziyorat turizm ob’ektlari aks ettirilgan dizayn tasviri asosida tayyorlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi