date

O'zbekistonliklar yangi moliyaviy piramida haqida ogohlantirildi


O'zbekiston fuqarolarini "XCM" platformasi orqali moliyaviy firibgarliklar haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda "Kiberxavfsizlik markazi" davlat unitar korxonasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda internetda keng tarqalgan "xcmwxx" sayti orqali o'zbekistonliklarni "oson daromad" va "hisob qaydnomasini tiklash" bahonasi bilan jalb qilish holatlari ko'paygan. Aslida, bu klassik moliyaviy piramida va "fişing" uslubida amalga oshiriladigan firibgarlikdir.

Firibgarlik sxemasi quyidagicha ishlaydi: "serverdagi nosozlik" yoki "xakerlik hujumi" bahonasi bilan foydalanuvchilarda vahima uyg'otiladi. Sayt foydalanuvchilarga tizim noma'lum xakerlar tomonidan hujumga uchragani va ma'lumotlar vaqtincha yo'qolganini ma'lum qiladi.

Aslida esa bu yolg'on bo'lib, foydalanuvchini qo'rqitish va tezda pul to'lashga undash uchun o'ylab topilgan. Platformaning har bir darajasida alohida to'lov talab qilinadi.

Tizimda "C2" dan "C8" gacha va "Hamkor" kabi sun'iy darajalar mavjud. Shuni alohida ta'kidlash joizki, har bir daraja uchun to'lovlar rasmiy to'lov tizimlari orqali emas, balki ma'lum bir jismoniy shaxsning shaxsiy bank plastik kartasiga o'tkaziladi.

Bu esa mazkur platformaning davlat tashkilotlari yoki boshqa yuridik shaxslar bilan hech qanday aloqasi yo'qligini va uni firibgarlar boshqarayotganini aniq ko'rsatadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O'zbekistonliklar yangi moliyaviy piramida haqida ogohlantirildi