
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Mo‘minovich Mansurov 2025-yil 5-noyabr kuni 68 yoshida vafot etdi.
Baxtiyor Mansurov 1957-yil 27-fevralda Jizzax shahrida tug‘ilgan. U umrining 40 yildan ortig‘ini mamlakat qurolli kuchlariga bag‘ishladi. 1979-yildan boshlab Mudofaa vazirligi va Chegara qo‘shinlarida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan.
Harbiy xizmat yillarida polkovnik Mansurov o‘zining sadoqati, halolligi va fidoyiligi bilan tanilgan. U Chegara qo‘shinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh kadrlarni tayyorlash hamda tizimni zamonaviylashtirish yo‘lida muhim hissa qo‘shgan.
2024-yilda mamlakat mudofaa tizimidagi xizmatlari e’tirof etilib, Baxtiyor Mansurov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.
Harbiy hamkasblari va shogirdlari uni Vatanga sadoqatli, qat’iyatli va el farovonligi yo‘lida fidokor inson sifatida eslab qolishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!