
Turkiyada 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Umid Z. ushlangan va O‘zbekistonga qaytarilgan.
Bu haqda UPL muxbiri xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, yigit O‘zbekiston tomoni talabi asosida qo‘lga olingan.
U internet orqali taxminan o‘n nafar fuqaroni aldab, ularning mablag‘larini qo‘lga kiritgan. Ta'kidlash joizki, so‘nggi yillarda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida jinoyat sodir etib, Turkiyaga qochgan shaxslarni qaytarish bo‘yicha hamkorlik faol olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar