date

Toshkent metrosida yo'lovchilar tiqilinchiga aniqlik kiritildi

Toshkent metrosida yo'lovchilar tiqilinchiga aniqlik kiritildi
Toshkent metropoliteni matbuot xizmati «Paxtakor» metro bekatida yo'lovchilar tiqilishi yuzasidan izoh berdi. Ta'kidlanishicha, ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan.

O'rganishlar natijasida ma'lum bo'ldiki, hodisa 18:20 va 18:50 oralig'ida, yo'lovchilar oqimi keskin oshgan paytda sodir bo'lgan. Shu vaqt ichida ikki tomondan poyezdlar qisqa fursatda yetib kelgan va aksariyat yo'lovchilar boshqa yo'nalishga o'tishni rejalashtirgan.

Mutasaddilar bunday vaziyatlarni tezkor bartaraf etish uchun barcha yo'nalishlarda qo'shimcha zaxira poyezdlar harakatini joriy etganliklarini ma'lum qilishdi. Natijada, tiqilinch odatda 3-4 daqiqada bartaraf etiladi.

Shuni ham alohida qayd etish joizki, so'nggi vaqtlarda metroga bo'lgan talab sezilarli darajada oshgan. Yo'lovchilar avtobus va marshrutkalar o'rniga metro transportini afzal ko'rishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent metrosida yo'lovchilar tiqilinchiga aniqlik kiritildi