15:15 / 07.06.2021
3 966

O‘zbekistonda havo haroratining pasayishi kutilmoqda


“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat kechga tomon Toshkent viloyatida, shuningdek tog‘oldi va tog‘li hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Aksariyat viloyatlarda kunduz kuni havo 40-43 daraja issiqqacha, janubda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi. Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan kuchsiz antisiklon ta’sirida respublika shimolida havo harorati pasayadi va 33-38 daraja issiqni tashkil etadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi saqlanib turadi.

Ertaga Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin havo respublikaning katta qismini qamrab oladi, buning hisobiga havo harorati pasayadi. O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida, tog‘oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 24-27 daraja issiq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat pasayadi va 34-38 daraja issiqni, respublikaning eng janubida 41-43 daraja issiqni tashkil etadi.

Bunday harorat foni hafta oxirigacha davom etadi, ammo harorat me’yordan hali ham yuqori bo‘ladi va kechalari 20-25 daraja issiqni, kunduz kunlari 34-39 daraja issiqni, respublikaning eng janubida 41-43 daraja issiqni tashkil etadi. Ushbu davrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 8-9 iyun kunlarida shamolli ob-havo saqlanib turadi, respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda havo haroratining pasayishi kutilmoqda