Rossiyada barcha jarayonlari himoyalangan mahalliy SIM-kartalar taqdim etildi

"Beeline" brendi ostida faoliyat yurituvchi "VimpelKom" operatori "USIM-RF" maxsus himoyalangan sxemasi bo'yicha ishlab chiqarilgan xavfsiz SIM-kartalarni sinovdan o'tkazdi. Yangi ishlanma "Era Texnologiy" kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan bo'lib, ma'lumotlarning yuqori darajadagi himoyasini va xorijiy qismlarga qaramlikdan xalos bo'lishni ta'minlaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, jumladan, maxfiy kalitlarni yaratish va saqlash Rossiya hududida amalga oshiriladi. "USIM-RF" SIM-kartalari soha ichida kengaytirilishi mumkin bo'lgan ochiq xavfsizlik arxitekturasiga ega.
Ularni joriy etish mavjud tarmoq infratuzilmasini o'zgartirishni talab qilmaydi.
"Beeline" telekom-tarmoqlarini himoya qilish yo'nalishi rahbari Yuriy Stashevskiy kiberxavflar va sanksiyalar bosimi ortib borayotgan sharoitda mahalliy mahsulotni joriy etish muhimligini ta'kidladi. "Era Texnologiy" bosh direktori Aleksey Kaukiaynen loyiha bozor uchun kengaytiriladigan model sifatida ishlab chiqilganini qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!