Samarqand shahri / Foto: Xalq so'zi
Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda “millionlik shaharlar”ga aylantirish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Xususan, Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish bo‘yicha respublika ishchi guruhlari tashkil etiladi. Samarqand va Namangan shaharlarining chegaralarini o‘zgartirish masalasi xalq deputatlari mahalliy kengashlarida ko‘rib chiqiladi. Samarqand va Namangan shaharlari chegaralarini o‘zgartirish bo‘yicha Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qarorlari ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatining urbanizatsiya darajasini 50 foizga yetkazish mo‘ljallangan. Bunda Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Xususan:
- 12 ta shahar, 117 ta shaharcha va 1041 ta qishloq aholi punktlari inventarizatsiyadan o‘tkaziladi;
- 2 ta katta, 1 ta o‘rta va 9 ta shahar joylashuvlari tahlil qilinadi va iqtisodiy jihatdan bunday holat qanchalik iqtisodiy taraqqiyotga muvofiqligi o‘rganiladi;
- Qarshi shahri atrofidagi aholisi 5 500 kishidan ortiq bo‘lgan qishloq aholi punktlari (Qozikent, Uzunnavo, To‘qmang‘it) urbanizatsiya jarayonlari yanada jadallashtiriladi va ularni Qarshi shahriga qo‘shish muvofiqligi o‘rganiladi;
- Kitob shahri atrofidagi aholisi 4200 dan ziyod bo‘lgan qishloq aholi punktlarida (Minglar, Gulgunpo‘sht, Jarqo‘rg‘on) urbanizatsiya jarayonlari yanada jadallashtiriladi va ularga shahar maqomini berish bo‘yicha ishlar olib boriladi;
- aglomeratsiya va ichki migratsiya jarayonlarini hisobga olgan holda aholisi 1,43 milliondan ziyod bo‘lgan shahar aholi punktlarining ixchamligi va qulay joylashuvini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib boriladi.
Shuningdek, shaharlardagi aholining turmush tarzi qulayligini baholovchi “Shaharlar qulayligi” indeksi joriy etiladi. Xalqaro tajribani o‘rgangan holda, “Shaharlar qulayligi” indeksini joriy qilish loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Bunda:
- BMT Xabitat dasturi, xorijiy davlatlar tajribasi va tegishli imzolangan xalqaro shartnomalar va memorandumlar ko‘zda tutiladi;
- hududlarning bosh rejalar bilan ta’minlangani, arxitekturaviy dizayn-kodlar mavjudligi va ularga rioya qilinishi, infratuzilma va bino-inshootlar fondi energosamaradorligi, hududlar ko‘kalamzorligi va obodonlashtirish darajasi, shaharlarning infratuzilma bilan ta’minlangani inobatga olingan holda ob’ektlar joylashtiriladi va loyihalashtiriladi;
- shaharlarni zonalarga bo‘lish orqali ichki hududlarni tegishli toifalarga ajratgan holda baholash maqsadida 6 ta zonaga (yashash joylari, yo‘l chizmalari, ko‘kalamzorlashtirish, ma’muriy, biznes infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilmalar, jamoat maydonlari) bo‘lish va ularni baholash ishlari amalga oshiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi